Hujjat bilan Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oşiriş uçun oldindan rozilik oliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati quyidagi hollarda amalga oşiriladi:

  • xöjalik yurituvçi sub’yektni qöşib oliş yoki qöşib yuboriş orqali qayta taşkil etişda;
  • şaxs yoki şaxslar guruhi tomonidan respublikada röyxatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvçi aksiyalarining 25%dan ortiğini tasarruf etiş huquqini olganda;
  • şaxs yoki şaxslar guruhi tomonidan MÇJning yoki qöşimça mas’uliyatli jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) uluşlarning 1/3 qismidan ortiğini tasarruf etiş huquqini olganda.

Iqtisodiy konsentratsiya böyiça monopoliyaga qarşi organning oldindan roziligi quyidagi şartlardan biri mavjud bölganda olinadi:

  • agar xöjalik yurituvçi sub’yektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilişdan olingan tuşumi BHMning 250 ming baravari miqdoridan ortiq bölsa;
  • agar bitimlar iştirokçilari aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilişdan olingan jami tuşumi BHMning 500 ming baravari miqdoridan ortiq bölsa.

Oldindan rozilik oliş uçun şaxs yoki şaxslar guruhi ariza bilan monopoliyaga qarşi kuraşiş organiga murojaat etişi lozim. Arizalar davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi. Tuşumlarning 0,05 foizi, lekin BHMning 7 baravaridan kam bölmagan va 1000 baravaridan köp bölmagan miqdorda yiğim undiriladi.

Hujjat bilan Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Agar iş xizmatlari uning örnini bosuvçi iş xizmatlari uçun belgilangan narxlarning örtaça qiymatidan 10 foizdan ziyodga oşsa, monopol yuqori narx deb hisoblanadi.

Xizmatlarning monopol past narxi xizmat körsatiş uçun zarur xarajatlar qiymatini qoplamaydigan va foyda olişni közda tutmaydigan narx hisoblanadi.

Monopol yuqori yoki monopol past narx aniqlanganda monopoliyaga qarşi kuraşiş organi uşbu holatlarni bartaraf etiş haqida qaror qabul qiladi.