21:00 / 18.09.2020
9546

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun yana 35 nafar rossiyalik mutaxassis keldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati koronavirusga qarshi kurashda o‘zbekistonlik shifokorlarga ko‘mak berish maqsadida yana bir guruh rossiyalik mutaxassislar tashrif buyurgani haqida xabar berdi.

Ushbu guruh 35 nafar tibbiyot xodimidan iborat bo‘lib, Rossiyaning eng nufuzli epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, jarrohlar, laborator diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralarini jam qilgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Guruhga tibbiyot fanlari doktori Konstantin Pokrovskiy rahbarlik qiladi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, ushbu mutaxassislar mamlakatning turli hududlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda bemorlarni davolash ishlarida qatnashadi.

Bungacha ham koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 40 nafarga yaqin rossiyalik shifokor 1 oy davomida O‘zbekistonda bo‘lgandi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top