21:20 / 21.09.2020
3040
Afg‘onistonda toliblar hujumi natijasida 11 harbiy halok bo‘ldi

Kapisa viloyati politsiya boshqarmasi vakili Abdul Shayiq Sho‘rishning ma'lum qilishicha, olti nafar politsiyachi Tagob tumanidagi politsiya bo‘limiga uyushtirilgan hujum qurboni bo‘lgan.

Foto: Anadolu

Afg‘onistonning Kapisa va Balx viloyatlarida «Tolibon» harakati jangarilarining hujumi oqibatida xavfsizlik kuchlarining 11 nafar xodimi halok bo‘ldi.

Kapisa viloyati politsiya boshqarmasi vakili Abdul Shayiq Sho‘rishning ma'lum qilishicha, olti nafar politsiyachi Tagob tumanidagi politsiya bo‘limiga uyushtirilgan hujum qurboni bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar ham yo‘qotishlarga uchragan.

Balx viloyati hokimligi ma'muriyati vakili Munir Ahmad toliblar Xivad Palas Po‘sh tumanidagi harbiy blokpostga hujum qilgani, natijada besh nafar harbiy halok bo‘lganini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, jangarilar uch nafar harbiyni o‘g‘irlab ketishgan.

Top