08:01 / 22.09.2020
7954
Samarqandda metall shar o‘g‘rilari ushlandi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 20 sentabr kuni soat 6:45da Navoiy viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi Uchquduq temir yo‘l bekatida xavfsizlikni ta'minlash bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, uning davomida 1990 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida yashovchi I.U. va 1988 yilda tug‘ilgan M.U. Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Shimoliy kon boshqarmasining GMZ-3 zavodiga kelayotgan yuk poyezdi tarkibida bo‘lgan yuk vagonidan, har birining og‘irligi taxminan 5 kg bo‘lgan, jami 134 dona metall sharlarni noqonuniy ravishda olayotgan vaqtida aniqlangan.

Qayd etilishicha, ular ushlangan hamda xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Top