07:28 / 23.09.2020
3473
O‘zbekiston aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqmoqchi

2030 yilgacha aholi bandligini ta'minlashning milliy strategiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekistonda aholi bandligini ta'minlash milliy strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Qayd etilishicha, bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Unda bandlik siyosatini rejalashtirishning uzoq muddatli siyosatini shakllantirish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2020 yil dekabr, ijro uchun mas'ullar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar.

Bundan oldin, O‘zbekistonda milliy ishchi kuchlarining raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi xabar berilgandi.

Top