Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda milliy ishchi kuchlarining raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi
Mehnat unumdorligi va milliy ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha samarali choralar va mexanizmlar ishlab chiqiladi.
O‘zbekistonda milliy ishchi kuchlarining raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.
Qayd etilishicha, bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi. Unda mehnat unumdorligi va milliy ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha samarali choralar va mexanizmlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2020 yil dekabr, ijro uchun mas'ullar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar.
Avvalroq, shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha yagona axborot tizimi ishlab chiqilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:24 / 14.03.2026
Xivada «Boqiy shahar» konsepsiyasi asosida yangi hudud barpo etiladi
17:48 / 26.12.2025
Bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmuni yanada kuchaytiriladi
15:41 / 26.11.2025
Slovakiya O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etishga qiziqish bildiryapti
18:45 / 16.10.2025