Hujjat bilan Özbekistonning innovatsion rivojlaniş strategiyasini 2024-2025 yillarda amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
● innovatsion infratuzilma sub’yektlari tarmoğini şakllantiriş orqali startap taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş hamda yirik hajmli işlab çiqarişni taşkil etiş;
● innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning institutsional mexanizmlarini takomillaştiriş orqali innovatsion faol taşkilotlar uluşini oşiriş;
● kiçik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oşiriş orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlantirişni ta’minlaş;
● yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratişning ğoyadan yakuniy iste’molçigaça bölgan kompleks tizimini ta’minlaş orqali innovatsiyalarga bölgan talabni rağbatlantiriş;
● yaratilgan kapitalni «tubdan yangilovçi» innovatsiyalarga qayta yönaltiriş tizimini şakllantiriş;
● ta’limning barça bosqiçlarida yaratuvçanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik könikmalarini rivojlantiriş orqali innovatsion faoliyat boşqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantiriş.
Vazirliklar va idoralar rahbarlari «Yöl xaritasi»da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaşda şaxsan mas’ul hisoblanadi.
Vazirliklar va idoralar «Yöl xaritasi»da belgilangan vazifalar ijrosi böyiça har çorak yakunida amalga oşirilgan işlar yuzasidan Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ma’lumot kiritib borişlari zarur.












