22:00 / 28.09.2020
4370
Salkam 1 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy savdosi fosh etildi

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati so‘nggi kunlarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari haqida axborot berdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yildi.

Fuqaro A.O. boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu» rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 533,4 million so‘mlik 1046 dona uyali aloqa vositalari,160 dona dazmol, 48 dona changyutgich, 26 dona kabob pishiruvchi moslamalar, 12 dona blender kabi maishiy texnika tovarlari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro R.Sh. ning «Lasetti» rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasidan xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday xujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 12 950 000 so‘mlik, 15 xil turdagi jami 37 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng fuqaro R.Sh.ning vaqtinchalik yashash manzili ko‘zdan kechirilganida, xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday xujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 448 million so‘mlik 5 xil turdagi jami 1120 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, umumiy qiymati 994 350 000 so‘mlik tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

«Isuzu»dagi blenderlar manzilga yetib bormadi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro M.U. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtoulovda tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 120 million so‘mlik blenderlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro E.X. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada uning avtoulovi yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 45 million so‘mlik, 2500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

129,5 million so‘mlik tovar moddiy boyliklarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro B.X. boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu Saz» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtoulov yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 129,5 million so‘mlikni tashkil etuvchi 2400 dona diplayner va ko‘z qalami, 57 dona elektr ustara, 40 dona epilyator, 720 dona ko‘zlar uchun maskalar va 164 dona elektr ustaralari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Top