«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida kuzatilayotgan tirbandliklar yuzasidan ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida kuzatilayotgan tirbandliklar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining xabar berishicha, ayni kunlarda “Navoiy” chegara bojxona postida zamonaviy bojxona posti qad rostlayotgani sababli mazkur postning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shu sababli asosiy oqim "G‘ishtko‘prik" chegara bojxona postiga to‘g‘ri kelmoqda.
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali bir kunda 30 mingdan 35 ming nafargacha fuqaro va 1000 dan oshiq transport vositasi harakatlanmoqda.
Fuqarolar va transport oqimining yildan yilga ko‘payib borayotganini inobatga olgan holda mazkur postni kengaytirish maqsadida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Chegara bojxona posti butunlay zamonaviy qiyofa kasb etadi. Rekonstruksiya ishlari joriy yilning oktyabr oyida tugatilishi rejalashtirilgan.
Bojxona boshqarmasi vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
10:31
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
19:33 / 05.12.2024
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi
10:54 / 01.12.2024
Toshkent viloyatidagi bojxonada 40 bosh qushni kiyimining ichiga yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
20:17 / 28.11.2024