Ayrim bojxona to‘lovlarini amalga oshirish tartibi o‘zgardi
Chegara o‘tkazish punktlarida undirilishi belgilangan chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganini va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni bojxona hududida to‘lash mumkin bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat chegara o‘tkazish punktlarida davlat nazoratidan o‘tkazish tartibotlari takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zgarishlarga muvofiq:
bojxona hamrohligidagi kuzatuv uchun bojxona yig‘imlarini transport vositasi bojxona hamrohligiga olingandan so‘ng ham to‘lash mumkin;
chegara o‘tkazish punktlarida undirilishi belgilangan chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganini va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni bojxona hududida to‘lash mumkin bo‘ladi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.04.2024 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

09:31 / 21.02.2025