16:26 / 05.10.2020
4791
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e'lon qildi

 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e'lon qildi.

Qayd etilishicha, nomzodlar iqtisodiyot, moliya, soliq, shuningdek bank ishi (yurisprudensiya) yo‘nalishlarida oliy ma'lumotga ega bo‘lishi, o‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi, Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi, muomala madaniyati, o‘z fikri va mulohazalarini ifodalay olishi, shuningdek, muzokara olib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

 Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzod kabduholikov@mineconomy.uz elektron manziliga o‘zbek va ingliz tillaridagi ma'lumotnomasini (Ilovaga muvofiq word shaklida) hamda nima uchun aynan shu lavozimda ishlash istagi borligi to‘g‘risida inshoni (esse) o‘zi mukammal bilgan xorijiy (ingliz, nemis, fransuz va hokazo) va o‘zbek tillarida yozib 20 oktyabrga qadar yuborishi kerak.

Bunda, inshoni (esse) xorijiy tilda yozish faqat xorijiy tillarni mukammal biladigan nomzodlardan so‘raladi.

Besh ish kuni ichida ishchi guruhi tomonidan nomzodlarning ma'lumotnomalari va insholar o‘rganib chiqiladi. Qo‘yilgan talablarga javob bergan va keyingi bosqichga o‘tgan nomzodlar bilan onlayn suhbat o‘tkazish kuni to‘g‘risida vazirlikning www. mineconomy.uz rasmiy veb saytida e'lon beriladi.

 Onlayn suhbat o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida tanlovdan muvafaqqiyatli o‘tgan nomzodlar to‘g‘risida rasmiy veb sayt orqali ma'lumot beriladi.

Tanlov natijalari haqidagi barcha ma'lumotlar faqat www.mineconomy.uz my veb sayti orqali nomzodlarga yetkaziladi.

 Ishchi guruhi bilan bog‘lanish uchun (+99871) 232-62-97, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga yoki telegram manziliga (@hr_mineconomy) murojaat qilish mumkin.

Top