23:48 / 08.10.2020
2725
AQSh Eronning 18 bankiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Eronning 18ta bankini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. 

Foto: AP

Sanksiyalar ostiga tushgan banklar orasida Amin Investment Bank, Bank Keshavarzi Iran, Bank Maskan, Iran Zamin Bank va boshqa banklar bor. AQSh moliya vazirligi ushbu banklarni Eron hukumatining “g‘arazgo‘y faoliyatini” moliyalashtirishda ayblagan.

“Eron terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni va o‘z yadroviy dasturini to‘xtatmaguncha, sanksiyalar davom etadi”, deb aytgan AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin.

Sentabr oxirida AQSh Eron mudofaa vazirligiga qarshi sanksiyalar kiritgandi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ta'kidlaganidek, AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi qurol embargosini tiklovchi farmonni imzolagan.   

Top