08:18 / 09.10.2020
33964
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun kontrakt to‘lovi muddati belgilandi

2020/2021 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati belgilandi.

Oliy ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining bayoni qaroriga muvofiq bu 2020 yilning 1 noyabri etib belgilangan.

Avvalroq, joriy yil uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tartibi tasdiqlangandi

Abituriyent o‘zi tanlagan 5ta yo‘nalishdan bir nechtasiga grant yoki to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan, lekin balli yetmagan yo‘nalishda o‘qishni xohlasa, o‘sha yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishi mumkin.

Top