Vazirlar Mahkamasining qabul qilinişi kutilayotgan qaroriga köra, 2017-2021 yillarda Özbekistonni rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş, yoşlarning ta'lim olişi uçun yanada keng imkoniyatlar yaratiş, oliy ma'lumot olayotgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilişni kuçaytiriş maqsadida Markaziy bank respublika oliy ta'lim muassasalarida bir vaqtning özida ikki va undan ortiq farzandi tölov-şartnoma asosida öqiyotgan oilalarga imtiyozli ta'lim kreditlari beriş uçun tijorat banklariga resurslar ajratiş yuzasidan Moliya vazirligiga buyurtmanomalar taqdim etilişini yölga qöyadi.

Bu imtiyoz nafaqat davlat, balki Özbekiston hududida faoliyat körsatayotgan barça oliy ta'lim muassasalari (davlat, nodavlat, qöşma ta'lim dasturlari va xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalari filiallari) talabalari uçun ham tatbiq etiladi.