Jahon | 16:24 / 06.02.2021
4685
1 daqiqa o‘qiladi

«Yoshlar ta'lim granti» loyihasi doirasida 203 nafar talabaning shartnoma puli 50 foizgacha bo‘lgan qismda to‘lab berildi

Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Mehrli qo‘llar” xayriya tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan loyiha doirasida 203 nafar talabaning kontrakti uchun jami 475 mln 834 ming so‘m to‘lab berildi.

Yoshlar ishlari agentligining ma'lum qilishicha, metsenat.uz platformasi orqali kelib tushgan 1570ta arizalar ichidan eng munosib 203 nafar (36 nafari chin yetim, 3 nafari nogiron, 11 nafari mehribonlik uyi bitiruvchilari, 153 nafari boquvchisini yo‘qotgan) talabalarga 2020–2021 o‘quv yili uchun jami 475 mln 834 ming so‘m miqdorda, stipendiyasiz hisoblangan shartnoma mablag‘larining 50 foizgacha qismi beg‘araz qoplab berildi.

Eslatib o‘tamiz, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Mehrli qo‘llar” xayriya tashkiloti hamkorlikda "Yoshlar ta'lim granti" loyihasini e'lon qilgandi.

Mavzuga oid