22:48 / 13.10.2020
6694
Jasur Jaloliddinov «Lokomotiv»dan «Tambov»ga o‘tdi
Foto: Mixail Rojdestvenskiy

Bu haqda «Tambov» klubi sport direktori Pavel Xudyakov «Chempionat.com» nashriga ma'lum qilgan.

«Jaloliddinovni sotib olish shartisiz mavsum yakuniga qadar ijaraga olayapmiz. «Lokomotiv» bilan kelishuvga erishib bo‘ldik. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchining maoshini «Lokomotiv» klubi to‘lashda davom etadi», - deydi «Tambov» klubi vakili.

«Tambov» klubi Rossiya Premer-ligasi 10-turidan keyin turnir jadvalida 8 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. 

Ma'lumot uchun, Jasur Jaloliddinov yozda «Bunyodkor»dan «Lokomotiv» klubiga o‘tgandi. Moskva klubi 18 yoshli o‘zbekistonlik yarimhimoyachi uchun jami 1 million yevro transfer xarajat qilgani haqida xabar qilingandi. Jaloliddinovning «temiryo‘lchilar» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Top