12:08 / 14.10.2020
12034
Rossiya Istanbulda odam o‘ldirishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik fuqaroni Turkiyaga topshirdi 

Rossiya 2016 yilda Istanbulda sodir etilgan qotillikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini Turkiyaga topshirdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mahkama xabarida aytilishicha, qotillik sodir etilgandan keyin o‘zbekistonlik shaxs izsiz g‘oyib bo‘lgan va qidiruvga berilgan. 

«Rossiya Federatsiyasi hududida uning joylashgan joyi aniqlanganligi munosabati bilan Turkiya Respublikasi Bosh prokuraturasi ayblanuvchini ekstraditsiya qilish to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga so‘rov yubordi. So‘rov qondirildi», - deyiladi Rossiya Bosh prokuraturasi ma'lumotida.

Qayd etilishicha, ushbu fuqaroni topshirish masalasi epidemiologik vaziyat tufayli murakkablashgan.

«Turkiya kuchishlatar tuzilmalari xodimlari hamrohligida va barcha xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda, ayblanuvchi Turkiyaga yetkazildi», - deyiladi mahkama xabarida. 

Top