21:54 / 16.10.2020
1825
Apple'ning kuz faslidagi uchinchi taqdimoti muddati ma'lum bo‘ldi

 Bloger Jon Prosserning bildirishicha, kompaniya Apple Silicon protsessorlarida ishlaydigan kompyuterlari taqdimoti uchun 17 noyabrda alohida tadbir o‘tkazishni rejalashtirgan.  

Foto: Getty Images

Apple o‘zi ishlab chiqargan protsessorlar o‘rnatilgan kompyuterlarini noyabrda taqdim etadi. Bu haqda bloger Jon Prosser Twitter sahifasida ma'lum qildi.

Uning bildirishicha, kompaniya Apple Silicon protsessorlarida ishlaydigan kompyuterlari taqdimoti uchun alohida tadbir o‘tkazishni rejalashtirgan. Bloger kompyuterlar taqdimoti 17 noyabrda o‘tkazilishini aytmoqda.

«Apple bu haqda 10 noyabr kuni rasman e'lon qiladi», — deb yozadi Prosser.

Kompaniya ushbu kuzda ikkita tadbir o‘tkazishga ulgurdi. 15 sentyabrda yangi Apple Watch, iPad va iPad Air taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 13 oktabr kungi tadbirda iPhone 12, MagSafe quvvatlagichi va HomePod mini ovoz kuchaytirgichi namoyish etildi.

Top