21:32 / 19.10.2020
1390
AQShdagi saylovlarga aralashuv: Facebook va Instagram’da 120 ming post o‘chirildi 

Facebook va Instagram’da AQShda noyabrda o‘tadigan prezident saylovlariga qiyinchiliklar tug‘dirishga qaratilgan 120 ming post o‘chirildi. 

Foto: EPA

Bundan tashqari, ushbu ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 2,2 mln.ta reklama e'lonini joylashtirishga ruxsat berilmadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda soxta axborot saqlovchi xabarlarga nisbatan 150 mln.ta ogohlantirish joylashtirilgan.  

“Biz axborotni tekshirish uchun 70 ta, jumladan Fransiyada 5ta OAV bilan hamkorlik o‘rnatdik”, deb ma'lum qilgan Facebook’ning siyosat va kommunikatsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Nik Klegg.

Uning ta'kidlashicha, Facebook’da “milliardlab postlar va soxta akkauntlarni o‘chirish” uchun sun'iy ongdan foydalanilgan. Bundan tashqari, kompaniya o‘z platformalarida joylashtiriluvchi reklama e'lonlari va axborotning kelib chiqishi va moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumotlar to‘plashni davom ettirmoqda.  

Top