Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk harbiylari Tog‘li Qorabog‘ga jo‘natilishi mumkinligi aytildi
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay Anqara Ozarboyjon iltimosi bilan Tog‘li Qorabog‘ga o‘z harbiylarini jo‘natishini istisno qilmasligini aytdi.
Foto: Reuters
“Birinchi kundanoq prezidentimiz o‘z pozitsiyasini bildirdi. Turkiya bunda ikkilanib o‘tirmaydi, prezidentimiz esa umuman ikkilanmaydi”, deb javob bergan Oktay tegishli savolga.
Avvalroq Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin Tog‘li Qorabog‘da qanday shart bilan tinchlik o‘rnatilishini aytgan. Uning ta'kidlashicha, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni o‘nglashni istamayapti.
Qalinning ta'kidlashicha, Tog‘li Qorabog‘ okkupatsiya qilinishi to‘xtagandan keyingina mintaqada tinchlik o‘rnatiladi.
“Urushni kim istayotgani tushunarli. Bu Turkiya va Ozarboyjonning haqligini tasdiqladi. Qorabog‘ okkupatsiyadan ozod bo‘lsagina, Janubiy Kavkazga tinchlik va barqarorlik keladi”, deb yozgan Qalin.
Bu orada Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Turkiya rahbariyatini Qorabog‘dagi jangovar harakatlarni to‘xtatishda jonbozlik ko‘rsatishga chaqirgan. Bundan tashqari, Sarkisyan Turkiyani mintaqadagi jangovar harakatlarda ishtirok etishdan voz kechishga chaqirgan. Uning ta'kidlashicha, shundan keyin ixtilof tomonlari yarashuvga erishib, tinch yechimni topish uchun muzokaralar stoli atrofiga o‘tiradi.
Mavzuga oid
20:24 / 05.01.2026
Turkiyada giyohvandlik va fohishalik ishi doirasida mashhur seriallar aktyorlari hibsga olindi
17:46 / 30.12.2025
Rossiya Turkiyadagi «Akkuyu» AES qurilishini moliyalashtirish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
17:59 / 29.12.2025