08:27 / 22.10.2020
6671
Dream City Seoul Mun loyihasi sotuvining ikkinchi bosqichini tantanali ravishda ochdi

20 va 21 oktabr kunlari Hilton Tashkent City mehmonxonasida Seoul Mun savdo va ko‘ngilochar markazi savdolarining yangi bosqichi ochilishi sharafiga yopiq taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Tadbir uchun Hilton Tashkent City mehmonxonasining hashamatli Ballroom anjumanlar zali tanlandi. Seoul Mun loyihasining me'moriy xususiyatlarini inobatga olgan holda marosim ikki do‘stona mamlakat – O‘zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya mamlakatlari madaniyati uyg‘unligi muhitida bo‘lib o‘tdi. Foyyeda mehmonlarni koreys milliy kiyimidagi qizlar kutib olishdi. Tongning tarovati mamlakat madaniyatining elementlari zal bezaklari, ko‘ngilochar dasturning rang-barang chiqishlari, shuningdek, mehmonlar uchun tortiq qilingan esdalik sovg‘alarida aks etib turdi.

Tadbir mehmonlari loyiha tafsilotlari bilan shaxsan tanishishlari uchun zalga kiraverishda Seoul Mun loyihasining maketi o‘rnatildi. Maket loyiha ko‘lami, ko‘rinishi va funksional imkoniyatlari haqida tasavvur hosil qiladi. Sotuv ofisi menejyerlari biznes uchun mo‘ljallangan binolar uchun barcha variantlarning turlari, loyiha va imkoniyatlari, o‘ziga xos afzalliklari haqida batafsil ma'lumot berdilar. Shuningdek, loyihaga oid turli savollarga javob qaytardilar.

Kecha Dream City Development kompaniyasi sotuv bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Deniz Baxchechining nutqi bilan boshlandi. U yig‘ilganlarni kompaniya tarixi, yutuqlari va amalga oshirilayotgan loyihalari bilan tanishtirdi. So‘z so‘ngida Baxchechi xonim tantanali ravishda Seoul Mun loyihasi uchun yangi savdo bosqichi boshlanganligini e'lon qildi. 23 oktyabrdan boshlab Bo‘rijar kanalining shimoliy qirg‘og‘idagi yo‘l bo‘ylab joylashgan savdo binolar sotuvga chiqariladi.

Kechaga taklif etilgan maxsus mehmonlar yetakchi xalqaro qurilish kompaniyalari vakillari bo‘lib, ular orasida Seoul Mun loyihasi muallifi, yirik me'moriy byuro Iki design asoschisi janob Murad Kader, tijorat ko‘chmas mulki yo‘nalishidagi Knight Frank mustaqil xalqaro konsalting kompaniyasining mutaxassisi janob Vargis Paulos Pulikakudiil, Mesa Meskan turk qurilish kompaniyasining yetakchi mutaxassisi janob Onur Koksal ma'ruza qildilar.

Ularning har biri raqamlar, kafolatlar misolida yangi loyiha to‘g‘risida ochiq va batafsil ma'lumotlarni taqdim etdi. Ma'ruzachilar tijorat binolari egalarining daromadlari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilib, real iqtisodiy va statistik ma'lumotlarni taqdim etdilar. Qurilish muddati va texnologiyasi, ishlatilgan materiallar va uskunalar haqida suhbatlashdilar.

Loyihaning konseptualligi – uning joylashuvi, suv bo‘yida ekanligi, transportning qulayligi va rivojlangan infratuzilmasiga alohida e'tibor qaratildi. Loyihada dunyoning 7 mamlakatining yetakchi mutaxassislari ishladi. Ikki yillik mashaqqatli ish Asia Pacific Property Awards mukofotining “O‘zbekistonda 2019-2020 yildagi eng yaxshi dam olish me'morchiligi” yo‘nalishi g‘olibi bo‘lishga sabab bo‘ldi.

Janubi-g‘arbiy sohilda sotuvlar boshlanganidan uch oy o‘tgach, poytaxt tadbirkorlari savdo maydonlarini tashkil etishning yangi formatiga katta qiziqish bildirdilar – birinchi bosqich savdolarida ko‘chmas mulkning 75 foizi sotildi. Loyihaning jozibasi sabab tayyor obekt foydalanishga topshirilganda uning kapitallashuvi 30% ga yetadi. Sotuvlarning boshlanishi doimo muvaffaqiyatli sarmoyalar uchun foydali vaqt hisoblanadi. Siz hoziroq 274 ta joydan birini tanlashingiz hamda poytaxt markazidagi yuqori sifatli savdo ko‘chmas mulki egasiga aylanishingiz mumkin.

Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22

Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: www.seoulmun.uz

Telegram: www.t.me/dreamcityuz

Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top