Dream City Development kompaniyasi Seoul Mun yangi loyihasining birinchi muvaffaqiyati haqida hikoya qiladi. Bir yil ichida savdo obektlari qurilishi sohasida birdaniga ikki nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi. Seoul Mun konseptual savdo-dam olish markazi 40.000 m² maydonda biznes rivojlantirish uchun turli formatdagi joylarga ega.
Uch darajali savdo inshooti Seul ko‘chasida Bo‘rijar kanali bo‘ylab joylashadi. Har bir joyda panoramali vitrina oynalar va alohida kirish joylari loyihalangan. Seoul Mun savdo ko‘chmas mulkining yangi formatidir. U o‘zida koreys madaniyati elementlarini jam qilib, me'morligida ham takrorlanmas ko‘rinish, individual yondashuv mavjud.

Shuningdek, poytaxt suv bo‘yida qulay joylashuvi bilan alohida ajralib turadi. Sohilning betakror manzarasi, suvga yaqinligi, savdo joylari bo‘ylab 3 kilometrlik sayr yo‘laklari, funksional jamoat joylari va ko‘kalamzorlashtirilgan maydon hamda har bir kvadrat metr puxta loyihalanganligi Seoul Mun'ni poytaxtning mashhur va odamlar eng ko‘p tashrif buyuradigan maskanlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘ladi.
Seoul Mun loyihasi nufuzli The Asia Pacific Property Awards tanlovida qatnashib, yuksak e'tirofga sazovor bo‘ldi. Loyiha «Eng yaxshi dam olish me'morligi – 2019-20» nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Property Awards xalqaro mukofoti – bu butun jahon sifat va o‘ziga xoslik belgisi hisoblanib, dunyo bo‘ylab turar joy va tijorat ko‘chmas mulki sohasida eng muhim mukofotlardan sanaladi. Tanlovning mustaqil hakamlari baholash jarayonida innovatsion g‘oyalar, loyiha sifati, dizayn va me'morligi, shuningdek ko‘chmas mulkning o‘ziga xosligiga e'tibor qaratadilar. Shu yilning sentabr oyida Markaziy Osiyo CRE Tashkent 2020 forumi doirasida CRE Awards mukofotining maxsus nominatsiyasi «Yil konsepsiyasi» bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

Har yili o‘tkaziladigan CRE Awards (Commercial Real Awards Awards) 2003 yilda tashkil etilgan va shu vaqtdan beri ko‘chmas mulk sohasidagi eng muhim va nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi. Mazkur mukofot g‘oliblari – o‘z yo‘nalishida zamonaviy ko‘chmas mulk talablariga javob beradigan eng munosib namoyondalardir.
Bunday tadbirlarda qatnashish va g‘olib bo‘lish kompaniya tomonidan loyihani yanada rivojlantirishga, uning ichki va xalqaro bozorlarda tan olinishiga sabab bo‘ladigan eng muhim yutuqlardan biri sifatida qaraladi.
















