23:20 / 25.10.2020
9217
AQShda koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilindi 
Foto: Reuters

AQShning bosh infeksionisti Entoni Fauchi AQShda koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo bo‘lishi mumkinligini ma'lum qildi. Uning fikricha, bunday vaksina “xavfsiz va samarali” bo‘lsa, 2020 yil oxirigacha paydo bo‘ladi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, vaksinaning ilk dozalari muayyan toifadagi odamlarga nisbatan qo‘llanadi va u keng qo‘llana boshlanishi uchun 2021 yilda bir necha oy talab etiladi. 

Shu bilan birga, Fauchining aytishicha, vaksina chiqishiga qaramay, ancha vaqt davomida koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha choralar o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi.   

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi debatlarida vaksina bir necha hafta ichida paydo bo‘lishini e'lon qilgan.

4 avgustda AQShning Novavax kompaniyasi koronavirusga qarshi vositasining ikkita muvaffaqiyatli sinovlari o‘tkazilganini e'lon qilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu vosita vaksina sifatida qo‘llanishi mumkin.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top