16:02 / 26.10.2020
2343
Vodiy viloyatlari dasturchilari uchun xakaton tashkil etilmoqda

16-21 noyabr kunlari Farg‘ona vodiysida Hackathon4UnlimitedEducation nomli birinchi xakaton o‘tkaziladi.

Xakatonni BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, Yosh tadbirkor, Yoshlar ishlari agentligi hamda IT park hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekistonning eng ilg‘or IT mentorlaridan ta'lim olish, o‘z jamoasi bilan final bosqichida IT yechim yaratib, noutbuklar, bepul ofis, professional dasturchi shartnomasi va yana bir qator yutuqlar egasi bo‘lishi mumkin.

Xakaton yo‘nalishlari:

  • Zo‘ravonlikning oldini olish;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish;
  • Yoshlar bandligi.

Xakatonda qatnashishni istovchilar jamoa to‘plagan holda (maksimum – 4 kishi), quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Uchta viloyatdan 20 nafardan (4 kishidan iborat 5tadan jamoa) – jami 60 nafar ishtirokchi qatnashadi. Jamoalar tarkibi jinslar bo‘yicha mutanosib bo‘lishi kutilmoqda.

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 6 noyabr soat 23:59ga qadar davom etadi. Batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Top