Qoraqalpoğistonlik Beknazar Abdikamalov va Aziz Murtazayev Janubiy Koreyalik hamkori Jastin Kim bilan birgalikda Ami ruhiy salomatlik böyiça startap işga tuşiriş uçun Meta (Facebook) grantini qölga kiritdilar. Investitsiyalar hajmi 3 million dollarni taşkil etgan. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, loyiha ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qiliş uçun onlayn maslahat seanslarini öz içiga oladi. Bu Osiyo mamlakatlaridagi biznes egalariga öz xodimlarining ruhiy salomatligini yaxşilaş imkonini beradi.
Startap asosçilari ta’kidlaşiça, bunday platformani yaratiş ğoyasi pandemiyadan keyin paydo bölgan, negaki Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2022 yil mart oyidagi hisobotiga köra, pandemiyadan söng butun dunyo böylab depressiya, tuşkunlik darajasi 25 foizga oşgan.
“Biz Ami jamoasining iştiyoqi va iste’dodidan hayratdamiz. Ularning Osiyo aholisiga ruhiy salomatliklarini saqlaş yölida yana bir usul taqdim etiş sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlamoqçimiz”, dedi Sunita Parasuraman, “Meta” kompaniyasining investitsiyalar bölimi rahbari.
Osiyoning ulkan startap markazlari Singapur va Jakartadan taşqari, Ami startapini butun Osiyo böylab kengaytiriş, bu orqali kompaniyalarga ruhiy salomatlik platformasi yordamida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiliş imkoniyatini yaratiş rejalaştirilmoqda. Loyiha asosçilari, jamiyatda ruhiy salomatlik ahamiyati haqidagi bilimlarni oşirişni özlari uçun oliy maqsad deb bilişadi.
Moliyalaştiriş bosqiçida Meta’ga investorlardan “Goodwater Capital” (“Kakao”, “Coupang” va “Viva Republica”), “Strong Ventures”, “January Capital” va “Collaborative Fund” kelib qöşilgan.
Ma’lumot uçun, nukuslik Aziz Murtazayev bungaça Facebook'da, Beknazar Abdikamalov esa Amazon'da işlagan.







