02:06 / 27.10.2020
3649
AQSh Eron neft vaziriga nisbatan sanksiyalar joriy qildi
Foto: RIA "Novosti"

AQSh moliya vazirligi Eronning bir qator kompaniyalari va mansabdor shaxslari, jumladan Eron neft vaziri Bijon Zanganega qarshi sanksiyalar kiritdi. 

Sanksiyalar kiritilishi Eron benzinining Venesuela va Suriyaga yetkazilishi bilan bog‘langan.
        
Sanksiyalar ostiga, shuningdek, Eron milliy neft kompaniyasi va Eron milliy tanker kompaniyasi, ushbu kompaniyalar vakillari tushgan. Bundan tashqari, “qora ro‘yxat”ga AQShda Eron bilan bog‘langani ta'kidlanadigan, Gonduras va Panama bayroqlari ostida suzuvchi ikki tanker kiritilgan.

18 oktyabrda Eronga nisbatan kiritilgan qurol embargosi amal qilishi muddati o‘z nihoyasiga yetdi. Endilikda xalqaro huquq Eronga boshqa davlatlarga qurol sotishida to‘sqinlik qilmaydi.

Top