23:15 / 30.10.2020
13169
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 400dan ortiq kishi jarohat olgan.

Foto: Reuters

O‘zbekiston prezidenti Turkiyaning g‘arbiy hududlarida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani, ko‘plab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ta'ziya yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

“Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a'zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi”, deyiladi xabarda.

30 oktabr kuni Turkiya g‘arbida 7 balli zilzila yuz berdi. Zilzila epimarkazi Izmir viloyatining Seferlixisar shahri atrofida bo‘lgan.

Zilzila kuchi Afina va Kritda ham sezilgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 400dan ortiq kishi jarohat olgan.

Top