11:00 / 30.10.2020
9706

Vivo Yevropa bozoriga chiqayotganini e'lon qildi

Foto: Vivo

Mobil qurilmalarning jahon bo‘ylab yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri yangi bozorda quloqchinlar va smartfonlarning ommabop seriyalarini taqdim etadi.

Dyusseldorf/London, 20 oktabr 2020 yil. – vivo, smartfonlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri Yevropa bozoriga chiqayotganini e'lon qildi. Kompaniya  Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Ispaniya va Buyuk Britaniyada o‘z ofislarini ochmoqda. Yangi bozorda vivo mahsulotlarining taqdim etilishi butun Yevropa bo‘ylab 9 ming kishilik auditoriya batafsil o‘rganilishi natijasi bo‘ldi.

Ilk mahsulotlar sifatida vivo Yevropa davlatlariga X51 5G, Y70, Y20s va Y11s smartofonlari hamda vivo Wireless Sport va True Wireless Earphones quloqchinlarini taklif etadi.

«Biz vivo kompaniyasi va uning mahsulotlari liniyasini Yevropada taqdim etayotganimizdan juda xursandmiz. Bu murakkab yil butun dunyo bo‘ylab kompaniyalar va odamlarning rejalarini o‘zgartirib yubordi. Shunga qaramay foydalanuvchilarga bo‘lgan sadoqatimiz o‘zgarmadi, chunki kompaniyamiz falsafasida to‘g‘ri vositalarni to‘g‘ri yaratish yotadi, – deydi vitse-prezident, vivo Yevropa shtab-kvartirasi prezidenti Denni Deng.

Kompaniya xalqaro bozorlarga chiqishi bilan vivo iste'molchilar uchun har doim talabga muvofiq innovatsion va sifatli mahsulotlar taklif etib kelgan. Dunyo bo‘ylab brendning 370 milliondan ortiq ixlosmandlari bor va aminmizki Yevropada ham mijozlar e'tiborini qozonamiz».

Matbuot anjumanida Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan kompaniya smartfonlar liniyasi va qo‘shimcha qurilmalarni tanishtirdi. Diqqat markazidagi mahsulot sifatida innovatsion asosiy kamera va professional stabilizatsiyaga ega vivo X51 5G modeli, xira yorug‘likda va harakatlanish chog‘ida ham maksimal barqaror tasvirlarni ta'minlovchi innovatsion tizimga ega mahsulot taqdim etildi.

Kompaniya, shuningdek, Y-seriyadagi avtonomlik fokusiga ega Y70, Y20s va Y11s qurilmalarni ham taqdim etdi. Y-seriya vivo kompaniyasining Yevropa bozorining barcha talablariga javob berishi tufayli asosiy mahsulot hisoblanadi. Bugungi kunda Yevropada sotilayotgan smartfonlarning 62,5 foizi 300gacha turadi.

Y-seriya, asosan, yosh auditoriya uchun mo‘ljallangan, shuningdek, akkumulyator sig‘imi yuqoriligi va ishlatishda qulayligi uchun undan o‘rta yoshlilar ham bemalol foydalanishlari mumkin.

5000 mA·ch sig‘imga ega akkumulyatorli Y20s va Y11s yuqori darajada avtonom ishlaydi va bir marta quvvatlash ikki kunga bemalol yetadi.

X va Y seriyadagi smartfonlar Android operatsion tizimi boshqaruvidagi Qualcomm Snapdragon chipsetlari bilan jihozlangan, bu esa qurilmaning silliq va aql bilan ishlashini hamda iste'molchilarda ijobiy taassurot qoldirishini ta'minlaydi.

Shuningdek, vivo simsiz quloqchinlarning ikki seriyasini taqdim qildi va ularning har biri Google Assistentga kirish funksiyasi hamda mobilligidan tashqari a'lo darajadagi tovush yetkazib berishi bilan farqlanadi.

Vivo Wireless Sport yo‘lda, trenajyer zalida shug‘ullanish onlarida va ochiq havoda musiqa tinglashni xush ko‘ruvchi faol foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Vivo True Wireless Earphones (TWS) esa vivo X51 5G smartfoni uchun ideal aksessuar sifatida maydonga chiqadi. Qualcomm aptX audiokodeklari va yetakchi texnologiyalar tufayli quloqchinlar musiqani foydalanuvchiga, ayniqsa uning eshitish xususiyatlariga moslab beradi.

Anons doirasida vivo UYeFA bilan to‘rt yillik kelishuvga ham erishdi hamda unga ko‘ra kompaniya YeVRO-2020 va YeVRO-2024 chempionatlarining rasmiy homiysi hisoblanadi. Kompaniya 2024 yilga qadar futbol Yevropa chempionatlarining eksklyuziv smartfonlar yetkazuvchisi bo‘ldi.

«Biz dunyo bo‘ylab barcha futbol ishqibozlarining ehtiroslarini qo‘llab-quvvatlaymiz va YeVRO chempionatlari bo‘yicha UYeFA bilan hamkorlikdan mamnunmiz. UYeFA va vivo hamohang tarzda mukammallikka intiladi hamda o‘z ishqibozlariga noyob va fantastik taassurotlarni taqdim etadi. Bu hamkorlik Yevropa bozori oldidagi uzoq yillik majburiyatlarimizning muhim qismidir», — deya ta'kidladi vivo Vitse-prezidenti, kompaniyaning Yevropa biznesi prezidenti Denni Deng.

Vivo kompaniyasi haqida

Vivo — global yuqori texnologik kompaniya bo‘lib, innovatsion mahsulotlar yaratish va mobil kommunikatsiyalar sohasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Vivo hayajonga soluvchi innovatsion smartfonlar hamda aksessuarlarni yaratish, shuningdek, texnologiyalar va dizayn tafakkurini noyob va ijodiy yechimlarga birlashtirgan xizmatlarni taqdim etish orqali butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarni birlashtirishga harakat qiladi.

Kompaniyaning asosiy an'analariga sodiq qolgan va mijozni xursand qiluvchi innovatsiyalarni jamlovchi “benfen”[2] tushunchasi asosida vivo rivojlanishning barqaror strategiyasiga amal qiladi.

Ayni paytda vivo Shenchjen, Dunguan, Nankin, Pekin, Xanchjou, Shanxay, Taybey, Tokio va San-Diyegoda 9 R&D markazlarga egalik qiladi hamda boshqaradi. Bu markazlar faoliyati yuqori iste'mol texnologiyalari, jumladan 5G, sun'iy ong, fotos'yemka va kelgusi avlod smartfonlari ishlash bilan uzviy bog‘liq.

Kompaniyaga tegishli bo‘lgan beshta ishlab chiqarish markazlari (shuningdek, avtomatlashgan ishlab chiqarish markazi) Xitoyda, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan va yiliga 200 milliondan ortiq smartfonlar ishlab chiqaradi. 2019 yil holatiga ko‘ra vivo savdo tarmoqlarini 30 dan ortiq davlatlar va hududlarga qadar kengaytirdi.

Vivo smartfonlari dunyoning 30 dan ortiq davlatlarida taqdim etiladi va kompaniya chakana do‘konlari jahon bo‘ylab 1000 dan ortiq. Vivo mahsulotlari foydalanuvchilari 370 000 000 kishidan ortiq.

Smartfonlarimiz to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotni bizning rasmiy saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin: www.vivo.com/uz

Instagraminstagram.com/vivo_uzbekistan

Telegramt.me/vivomobile_uz

Facebookfb.com/vivoUzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top