2021 yilning 15 fevraldan 10 martiga qadar Y31 smartfonlari O‘zbekiston Respublikasi hududida xarid qilinganida xaridor kafolatlangan sovg‘a – Vivo brendi ryukzakiga ega bo‘ladi.
Yangi model 48 Mp asosiy kamera, FHD+ Halo FullView™displeyi, NFC va FlashCharge18 Vt tezkor quvvatlantirgichi bilan sotuvga chiqmoqda.
vivo kompaniyasi Y31 yangi smartfonini so‘nggi operatsion tizimdagi Android 11 bazasida, uchtalik AI-kamera, Halo FullView™ 6,58 displey, 18 Vtli FlashCharge tezkor quvvatlantirgichi va 5000 mA·ch akkumulyator bilan taqdim etmoqda. Model «Moviy ummon» va «Qora asfalt» ranglarida sotuvga chiqariladi.
«Qora asfalt» rangi timqora rangning o‘ziga xos quvvati bilan samarasini ko‘rsatadi va yarqiroq yuzada 3D-konturlarda jilolanadi. Smartfonning «Moviy ummon» ranglisi tropik ummonlar tasavvurini hosil qilish bilan birga hayotga muhabbat hislarini o‘yg‘otadi, yashil va moviy ranglar uyg‘unlashuvi esa plyajda hordiq chiqarish onlarini yodga soladi.
vivo Y31: O‘z kuningni quvvatla
Texnik jihatlari:
- Tungi suratga olish funksiyasi bo‘lgan 48 Mp kamera
- 5000 mA·ch batareya + 18 Vt tezkor quvvatlantirgich
- Qualcomm® Snapdragon™ 662G protsessor
- Operativ xotira: 4 GB
- Sozlangan xotira: 128 GB

5000 mA·ch batareya + 18 Vt tezkor quvvatlantirgich
5000 mA·ch katta sig‘imli batareya va 18-vattli tezkor quvvatlantirgich bilan smartfon taxminan bir soat ichida 70 foizga qadar quvvat oladi. Quvvatni tejash texnologiyasi va sun'iy idrok yordamida bir martalik to‘la quvvatlanish 17,9 soat onlayn-videoni HD-sifatda tomosha qilish hamda 9,9 soat keng qamrovli o‘yinlarni o‘ynash imkoniyatini beradi. Qayta quvvatlantirish funksiyasi mavjudligi tufayli foydalanuvchi uyida bo‘lmagan holatda ham boshqa qurilmalarni quvvatlantirish mumkin.
















