11:37 / 31.10.2020
10188
Navoiy viloyatida ikki aka-uka is gazidan zaharlanib vafot etdi

Navoiy viloyatida is gazidan zaharlanish holati sodir bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

2020 yil 30 oktabr kuni soat 09:00larda Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Paxtakor mahallasida yashagan ikki nafar voyaga yetmagan aka-uka (2004 yilda tug‘ilgan, kollej talabalari) uyining yotoqxonasiga o‘rnatilgan gaz pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat'iy rioya qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi mahkama ma'lumotida.

Top