25 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi. Bu ma’lumotni Kun.uz’ga boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov tasdiqladi.
Şu kuni taxminan soat 10:30 da tumanning Duoba mahallasida yaşagan J.X. (erkak, 1980 yilda tuğilgan) va uning farzandlari J.M. (öğil, 2013), Ş. M. (qiz, 2016), S.M. (qiz, 2018) uxlab yotgan vaqtida temirdan qölbola yasalgan peçdan çiqqan is gazidan dimiqib, voqea joyida vafot etgan.
Şuningdek, Z.N. (ayol, 1986) va N.M. (qiz, 2008) esa Boysun tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 16 yoşli qiz 27 fevral kuni vafot etdi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
















