11:45 / 05.11.2020
7404
Iyul-avgust oylarida ish haqi darajasi qanday o‘zgargani ma'lum qilindi

Moliya vazirligi 2020 yil 1 oktabr holatiga O‘zbekiston davlat budjeti daromadlarining ijrosi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

2020 yil 9 oyida davlat budjeti daromadlari 94,5 trln. so‘mni tashkil etgan yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,3 trln. so‘mga ko‘p mablag‘lar undirilgan.

Joriy yilning 9 oyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 11,0 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 trln. so‘mga ko‘paygani aytiladi.

“Karantin choralarining yumshatilishi sababli xususiy sektorda iqtisodiy faollikning oshishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushum dinamikasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Chunonchi, joriy yilning II choragiga nisbatan III chorakda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumi 54 mlrd. so‘mga oshdi”, - deyiladi vazirlik ma'lumotida.

Moliya vazirligi 2020 yil iyul-avgust oylarida ish haqi darajasining dinamikasi qanday bo‘lganini ham ma'lum qildi.

2020 yil iyul oyi:

  • ish haqi miqdori 1 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 1 989 023 nafar;
  • 1 mln. so‘mdan 2 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 1 015 554 nafar; 
  • 2 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 669 834 nafar;
  • 4 mln. so‘mdan 5,5 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 189 027 nafar;
  • 5,5 mln.so‘m va undan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 257 382 nafarga teng bo‘ldi.

2020 yil avgust oyi:

  • ish haqi miqdori 1 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 1 772 027 nafar;
  • 1 mln. so‘mdan 2 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 1 076 168 nafar;
  • 2 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 849 757 nafar;
  • 4 mln. so‘mdan 5,5 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 190 261 nafar;
  • 5,5 mln.so‘m va undan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 249 233 nafarni tashkil etdi.
Top