12:00 / 06.11.2020
4443
AQShning Pitsburg universiteti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan «2+2» o‘qish dasturi ishlab chiqildi

Endilikda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari 2-kursni tamomlab, o‘qishini AQShdagi Pitsburg universitetida davom ettirishlari mumkin. Universitetlar bu borada maxsus «2+2» dasturini ishlab chiqdi.

2 noyabr kuni ayni mavzuda tomonlar o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda rasmiylar bilan birga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari ham ishtirok etdi.

Onlayn muloqot davomida talabalarga «2+2» dasturining mazmun-mohiyati, Pitsburg universitetiga kirish shartlari va talablari hamda o‘qish davomida va o‘qishni tamomlagandan keyingi imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha ham javob olishdi.

Pitsburg davlat universiteti vakilining aytishicha, talabalar o‘qishni tamomlab, AQShning nufuzli kompaniyalarida ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.

«Chet ellik talabalar diplomini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng, AQShda 3 yil davomida talabalik vizalari bilan nufuzli kompaniyalarda ishlashlari mumkin. Har yili Pitsburg davlat universiteti “job fair”, ya'ni mehnat yarmarkalari bo‘lib o‘tadi. Ularda 200ga yaqin mahalliy kompaniyalar Pitsburg universitetini yaxshi baholar bilan bitirgan talabalar bilan mehnat shartnomalarini tuzib, o‘z kompaniyalariga olib ketishadi», – deydi universitet vakili.

Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjayevning aytishicha, endilikda talabalar AQShning nufuzli universitetlarida o‘z malaka va tajribalarini oshirib, mashinasozlik bo‘yicha yetakchi mutaxassisga aylanishadi.

«Ushbu dastur 2018 yilning may oyida Pitsburg davlat universiteti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida ishlab chiqildi.

Endilikda, talabalarimiz 2-kursni yakunlab, o‘qishni AQShda davom ettirishlari mumkin. Bu – bizning katta yutug‘imiz. Chunki endilikda talabalarimiz mashinasozlik sohasida o‘z bilim va tajribalarini oshirib, kelajakda O‘zbekistonda mashinasozlik rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi degan umiddamiz», – deb ta'kidladi universitet rektori Jamshid Inoyatxodjayev.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
Matbuot xizmati

Universitet rasmiy sahifalari:

Rasmiy sayt: polito.uz

Telegram'dagi rasmiy kanal: t.me/polito_uz

Youtube'dagi rasmiy sahifa: youtube.com/channel/UCOdkDztQ4WS045TUgagfkVw

Facebook'dagi rasmiy sahifa: fb.com/Turin-Polytechnic-University-in-Tashkent-390959737620238

Instagram'dagi rasmiy sahifa: instagram.com/turinuniversity

Top