Olimjon Alijonoviç Töyçiyev Turin politexnika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Şu munosabat bilan vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi.

Olimjon Töyçiyev 1991 yil Toşkent viloyati Bekobod şahrida tuğilgan. Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida 2015 yil maşinasozlik muhandisi mutaxassisligi böyiça bakalavr darajasi va 2017 yili Mexatronika yönalişi böyiça magistrlik darajasiga ega bölgan. Şuningdek, 2016–2017 yillarda Germaniyaning Xoxenhaym universitetida ham tahsil olgan.

Töyçiyev 2013 yil ovoz orqali masofadan boşqarilib, turli topşiriqlarni bajaradigan, özbek tilini tuşunadigan birinçi robotni yaratib, fan va texnika sohasida, ayniqsa, robototexnika sohasini yoşlar örtasida keng kölamda ommalaştiriş yölida qöşgan hissasi uçun «Şuhrat» medali bilan taqdirlangan.

2017 yil «Kamolot» YoIH qurultoyida prezident tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi boş direktori örinbosari etib tayinlangan. 2019 yil martida Innovatsion rivojlaniş vazirining örinbosari bölgan va bu lavozimda 2021 yil apreliga qadar işlagan.

2021–2023 yillarda Innovatsiyalarni joriy qiliş va texnologiyalar transferining milliy ofisi boş direktori bölgan, 2023 yil yanvaridan buyon Innovatsion rivojlaniş agentligi direktori lavozimida işlab kelayotgandi.

  • Ma’lumot uçun, Turin politexnika universitetiga 2020 yil iyulidan buyon Jamşid Inoyatxöjayev rektorlik qilayotgandi.