Hurmatli abituriyentlar!

Siz Yevropa standartlari asosida texnika yönalişida ta'lim olişni va şu yönalişdagi yetakçi italyan diplomga ega bölişni istaysizmi?

Unda sizlarga mamnuniyat bilan şuni ma'lum qilamizki, Toşkent şahridagi Turin Politexnika Universitetiga 2021/2022 öquv yili uçun qabul boşlandi!

Toşkent şahridagi Turin Politexnika Universiteti nodavlat notijorat taşkilot sifatida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, “Özavtosanoat” AJ, Italiyaning Turin Politexnika Universiteti hamda boşqa manfaatdor biznes-assotsiatsiyalar hamkorligida taşkil etilgan.

Ta'lim jarayoni Italiyaning Turin Politexnika Universiteti tomonidan qabul qilingan ta'lim dasturlariga, oliy ta'limning xalqaro standartlariga mos keluvçi talablariga, Özbekiston Respublikasining davlat ta'lim standartlariga muvofiq olib boriladi.

Universitet öz oldiga qöygan asosiy vazifalardan biri – işlab çiqariş va xöjalik obektlarini loyihalaş hamda qurişga ixtisoslaşgan taşkilot va korxonalar uçun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab berişdir.                                                           

Dunyo böylab 120 dan ortiq davlatlar tan olgan diplomga ega buling! Bitiruvçilarga Italiyaning Turin politexnika universiteti diplomi beriladi va uşbu xujjat Özbekiston Respublikasi xududida belgilangan qonunçilik normalariga mos keladigan oliy ta'lim haqidagi hujjat sifatida tan olinadi.

Abituriyentlarni qabul qiliş va universitet bitiruvçilarni attestatsiyadan ötkaziş jarayoni Italiyaning Turin Politexnika Universiteti tomonidan belgilangan tartibda, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta mahsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.

Kiriş imtihonlarida yuqori ball töplagan abituriyentlar, örnatilgan imtiyoz asosida, ikkinçi bosqiçga qabul qiliniş imkoniyatiga ega böladilar. Buning uçun abituriyent yetarli darajada til könikmalariga ega bölişi talab etiladi. Abituriyent bu imkoniyatni rad etişi va ta'limni birinçi bosqiçdan boşlaşi ham mumkin.