10:48 / 09.11.2020
4261
Foto: Qirolicha Yelizaveta II ilk marta jamoat oldiga niqobda chiqdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II pandemiya boshlanganidan buyon birinchi bor ommaga himoya niqobi taqqan holda ko‘rinish berdi - bu 4 noyabr kuni Vestminster abbatligidagi noma'lum askarning dafn etilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda sodir bo‘lgan. 

Aaron Chown /Pool via Reuters / Scanpix / LETA

Surat Bukingem saroyi tomonidan oradan bir necha kun o‘tgach e'lon qilingan.

Marosim mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun joriy etilgan to‘rt haftalik lokdaundan oldingi sanaga ko‘chirilgandi.

Qayd etilishicha, bunga qadar qirolicha jamoat joylarida himoya niqobi taqmagani uchun tanqidlarga uchragandi.

Ma'lumot uchun, oktabr oy oxiridan Buyuk Britaniyada har kuni 20 mingdan ortiq odamga koronavirusdan zararlanish holati tashxisi qo‘yilmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab Covid-19’ga chalinganlar soni 1,1 million kishidan oshgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top