10:35 / 09.11.2020
12109
O‘zbekiston bozorlaridagi narxlar: tuxum va shakar arzonlashmoqda, o‘simlik yog‘i va bodring oshmoqda

Kun.uz’ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi muxbirlari o‘z hududlaridagi markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozorlaridagi 8 noyabr kunidagi narx-navolar haqida ma'lumot to‘plashdi. Odatga ko‘ra, 12 turdagi oziq-ovqat va shuncha meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘plab, tartiblandi.

O‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida bozorlarda tuxum narxi yanada pastlagani, ayrim joylarda 700 so‘mgacha sotilayotgani oydinlashmoqda. Shuningdek, kilosi 8000 so‘mgacha ko‘tarilib ketgan shakar narxi ham barqarorlashib, aksariyat joylarda 7000–7500 so‘mdan sotilayotgani ma'lum bo‘ldi. Biroq hamon 9000 so‘mgacha sotilayotgan joylar bor.

Bodring va pomidor narxi o‘tgan haftaga qaraganda keskin ko‘tarilgan. Bodringning kilosi eng qimmat Toshkent shahri va viloyati, shuningdek, vodiy viloyatlarida sotilmoqda – 14–15 mingdan.

Bozorlarda biroz narxi barqarorlashgan mol go‘shtiga eng qimmat narx Namangan shahrining «Sardoba» bozorida belgilangan — 70 ming so‘m. Lekin shu bozorda mol go‘shtining kilogrammini 50 ming so‘mga ham xarid qilish mumkin. Umuman olganda, joylarda mol go‘shti 55-60 ming so‘m oralig‘ida sotilayotgani, qo‘y go‘shti o‘rtacha 65-70 ming so‘m ekanligi qayd etildi. Tovuq go‘shtining 1 kilosi hamon Urganchda, shuningdek, To‘rtko‘l shahrida eng arzon — kilosi 14 ming so‘m.

Meva-sabzavotlar narxlari bozorlarda bir-biridan ko‘p ham farq qilmaydi. Janubiy viloyatlarda karam narxi boshqa viloyatlarga nisbatan arzonroq.

Top