2025 yilning may oyida Özbekistonda inflatsiya darajasi 1,5 foizni taşkil etib, aprel oyiga nisbatan 0,8 foiz bandga tezlaşdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Öz navbatida, yillik inflatsiya aprel oyidagi 10,1 foizdan 8,7 foizgaça sekinlaşgan. Bu 2024 yilning may oyida energiya narxlarining keskin ösişi natijasida paydo bölgan yuqori bazaning umumiy inflatsiyadan çiqib ketişi bilan boğliq.

Ötgan oyda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona va Xorazm viloyatlaridagi inflatsiya darajasi respublikadagi örtaça körsatkiçdan baland şakllangan. Yillik nisbatda esa Qaşqadaryo, Farğona va Xorazm viloyatlari hamda Toşkent şahrida yuqori inflatsiya kuzatilyapti.

Hisobot oyida mavsumiy omillar ta’sirida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,8 foizga arzonlaşgan bölsa, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,7 foizga, xizmatlar narxi 5,9 foizga (kommunal xizmatlar sohasidagi tariflarning qimmatlaşişi hisobiga) oşgan.

1 maydan boşlab, aholi iste’moli uçun elektr energiyasi va tarmoq gazining yangilangan tariflari joriy qilingandi. Respublika böyiça elektr energiyasi narxi örtaça 18,8 foizga (salmoq vazni +2,4 foiz, INI ösiş sur’tiga ta’siri +0,45 foiz f.d), tarmoq gaz esa 39,2 foizga (salmoq vazni +1,5 foiz, INI ösiş sur’tiga ta’siri +0,6 f.d) oşişi kuzatilgan.

Şuningdek, may oyidan maişiy foydalaniş uçun suyultirilgan gaz narxi 25 foizga (salmoq vazni 0,5 foiz, INI ösiş sur’tiga ta’siri + 0,11 f.d) oşdi. Qaşqadaryo va Farğona viloyatlarida sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uçun tölovlar qimmatlaşgan. Boşqa hududlardagi barqarorlikni hisobga olgan holda, uşbu xizmat turi böyiça oylik inflatsiya 10,2 foiz (INI ösiş sur’tiga ta’siri +0,10 f.d.) bölgan.

Transport bölimida narxlarning sezilarli ösişiga transport vositalari uçun metan narxining ötgan oyga nisbatan 27 foizga (salmoq vazni +1,7 foiz, INI ösiş sur’tiga ta’siri +0,45 f.d) qimmatlaşişi sabab böldi. May oyida benzin va propan narxlarida 0,1-2,7 foiz oraliğida tuşiş kuzatilgan. Yölovçi taşiş xizmatlari böyiça oylik inflatsiya +1 foiz bölgan. Şu jumladan, avtomobil transporti xizmatlari 2,4 foizga, temiryöl transporti xizmatlari esa 0,1 foizga qimmatlaşgan. Şu qatorda havo transportida yölovçi taşiş xizmatlari örtaça 5,4 foizga arzonlaşgan. Bu Özbekiston havo yöllarida içki qatnovlar uçun ekonom klass tariflarining pasayişi bilan boğliq.