Bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi
Hukumatning tegishli qarori bilan bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: customs.uz
Yangi bojxona yig‘imlari stavkalari quyidagilarni nazarda tutadi:
davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qat'iy belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalari belgilanadi;
ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bog‘liq ayrim turdagi bojxona yig‘imlari bekor qilinadi va ular xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;
tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig‘imi stavkalari pasaytiriladi;
bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun ma'muriy javobgarlik o‘rniga moliyaviy chora sifatida bojxona yig‘imi joriy etiladi.
Mavzuga oid

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

09:31 / 21.02.2025