Yevropa–Özbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi boş kotibi, Bryusselda yaşaydigan asli özbekistonlik tadbirkor Oybek Şayxov IMEI bilan boğliq masalani kötardi. U Facebook sahifasida Bojxona qömitasi rasmiy sahifasini belgilab, Toşkent xalqaro aeroportida telefonlarning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkazişda navbatlar yuzaga kelganini körsatdi.
«Bir muddat avval pasport nazoratidagi uzun navbatlar muammosi oynalar sonini köpaytiriş orqali hal etilgan edi. Nega çet elda sotib olingan telefonlarni röyxatdan ötkazişda ham şunday qilmaslik kerak? Endilikda bu jarayon majburiy bölib, ikki bosqiçda (bojxona + UzIMEI) amalga oşiriladi, lekin röyxatdan ötiş uçun bojxona bölimida faqat bitta xodim işlaydi. Ikkinçisi borga öxşaydi, lekin u yordam berişga «huquqi yöq», çunki u «boşqa narsalar» bilan band — daftarga e’tibor bilan nimalarnidir yozyapti», – deydi u.
Tadbirkorning aytişiça, tonggi 4:30 da Özbekistonga kelgan vatandoşlar ham, xorijlik mehmonlar ham soatlab navbat kutmoqda.
«Bir soatdan beri navbatda turibmiz – yölovçilar ham, poytaxt mehmonlari ham. Samolyotimiz 4:30 da qöndi, hozir soat 6:26. «Yangi Özbekiston»da eski muammolar saqlanib qolmoqda. Agar rahbariyat e’tibor bermasa, ular heç qaçon hal bölmaydi. [Aeroportdan] çiqişda şunday holat bölsa, köpçilikning sa’y-harakatlari zoye ketgani uyatli», — deb yozgan Oybek Şayxov.

Holat yuzasidan Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev izoh berdi. Ma’lum qilinişiça, holat Bojxona qömitasi, «Toşkent-AERO» va TTBRM vakillari iştirokida joyiga çiqib örganilgan va navbatlarning oldini oliş maqsadida xodimlar soni oşirilgan.
«Havo yöllari orqali harakatlanayotgan yurtdoşlarimizga qulayliklar yaratiş maqsadida aeroportning özida yölovçilar tomonidan töldirilgan yölovçi bojxona deklaratsiyalari asosida mobil qurilmalarni UzIMEI operatorlari tomonidan tizimda röyxatga oliş yölga qöyilgan. Navbatlarning oldini oliş maqsadida uşbu jarayonga jalb qilingan xodimlar va operatorlar soni oşirildi», — deyiladi xabarda.













