22:45 / 13.11.2020
1904
Karib dengizidagi kruizlardan biri koronavirus sababli muddatdan oldin yakunlandi

Karib dengizida pandemiya boshidan beri tashkillashtirilgan birinchi sayohatlardan biri kruiz layneridagi 5 yo‘lovchida koronavirus aniqlangani sababli muddatdan oldin yakunlandi. 

Foto: Maritime Connector

Associated Rress axborot agentligining xabar berishicha, koronavirus aniqlangan SeaDream I kemasida 53 yo‘lovchi va ekipajning 66 a'zosi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning aksariyatini amerikaliklar tashkil qilgan. 11 noyabrda sayyohlardan biri betob bo‘lib qolgan, shundan keyin kema 7 noyabrda sayohatga jo‘nagan manzili – Barbadosga qaytgan.   

Kema bortidagi barchadan koronavirusga tahlil olingan. 5 kishida virus borligi tasdiqlangan. Shundan keyin barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari karantinga olingan. 

Top