Barça yölovçilari va ekipaji a'zolari koronavirusga qarşi emlangan kruiz layner Celebrity Millennium’da koronavirus tarqalişi qayd qilindi. Bu haqda ABC News telekanali xabar berdi. 

Celebrity Millennium bortida faqat emlangan odamlar bölgan yirik layner hisoblanib, unga egalik qiluvçi kompaniyada bunday yondaşuv pandemiyaga qaramay layner işini tiklaşga imkon beradi, deb işonişgan.

Biroq Karib dengizidagi Sint-Marten orolida yölovçilar tuşirilganda ulardan ikki nafarida koronavirus aniqlangan. Ta'kidlanişiça, ikkala yölovçi ham bir kayutada yaşagan. Endi ular virusga manfiy test topşirmagunlarigaça orolda qolişlariga töğri keladi. Kema ekipaji esa kasallanganlar kimlar bilan aloqada bölganlarini aniqlaş bilan şuğullanmoqda.

Pandemiya boşida bir neçta kruiz laynerda koronavirus tarqalişi qayd qilingandi. Bunday hodisalardan eng ayançlisi Diamond Princess layneri bilan yuz bergan. 2020 yil 5 fevralda kema yölovçilaridan biri – 80 yoşli hongkonglik erkakda koronavirus aniqlangandan keyin layner Yaponiyaning Iokogama şahrida karantinga qöyilgandi. Öşa vaqtda kemada 50tadan ziyod davlatdan hammasi bölib 3,7 mingga yaqin odam bölgan. Ulardan 700dan köproğida virus borligi tasdiqlangan, 7 yölovçi kasallikdan vafot etgan.