Jahon | 22:52 / 20.12.2021
8413
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta kruiz laynerida 50 ga yaqin kishida omikron aniqlandi

Foto: AFP

Dunyodagi eng katta kruiz layneri Symphony of the Seas’da kamida 48 kishida koronavirusning omikron shtammi aniqlandi. Bu haqda kema egasi Royal Caribbean kompaniyasiga tayanib Washington Post nashri xabar berdi.

Mayamini 11 dekabrda tark etgan laynerda hammasi bo‘lib 6 mingdan ko‘proq odam bo‘lgan. Kompaniyada ta’kidlanishicha, kruiz layneri bortidagi odamlarning 95 foizi, omikron bilan kasallanganlarning 98 foizi to‘liq emlangan bo‘lgan. Yangi shtamm yuqtirib olganlar o‘zlarida kasallikning birorta alomatini sezmaganlari yoki ular yengil kechganini aytishgan.

Ba’zi yo‘lovchilar Royal Caribbean’ni xavfsiz sayohatni tashkillashtira olmagani uchun tanqid qilgan.

Symphony of the Seas dunyodagi eng katta kruiz layneri bo‘lib, u o‘z bortiga 6680 yo‘lovchini olishi mumkin. Kemaning 18 ta palubasida 20 ta restoran, robot-ofitsiantlarga ega bionik bar, 5 ta suv havzasi, teatr mavjud. Mehmonlarga 2175 xodim xizmat ko‘rsatadi.

Mavzuga oid