20:00 / 16.11.2020
1775
«Manfaatli birlashuv» – biznes uchun yaxshi jamlangan yechim

Ucell aloqa operatori Nano Telecom provayderi bilan hamkorlikda yuridik shaxslar uchun yangi jamlangan yechimni taqdim qildi. Ucell Business'dan «Manfaatli birlashuv» birgina to‘plamda bir vaqtning o‘zida yuqori tezlikdagi internet va mobil aloqa beradi.

16 noyabr kuni O‘zbekistonda ilk marta yuridik shaxslar uchun yanada maqbul taklif taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «Manfaatli birlashuv» jamlangan yechimi – birgina to‘plamda asosiy xizmatlar, muvaffaqiyatli biznes faoliyatini olib borishda zarur bo‘lgan an'anaviy tezkor internet va mobil aloqa, shuningdek, qo‘shimcha raqamli xizmatlar: shaharlararo qo‘ng‘iroqlar, ma'lumotlarni uzatish (VPN), IPTV, doimiy IP-manzil kabilarni o‘zida jamlagan.

«Manfaatli birlashuv»ning istalgan to‘plamida bir yoki bir necha raqamli xizmatlarga chegirmalar ko‘zda tutilgan. «Manfaatli birlashuv»ga ulanish vaqtida korporativ mijoz FTTx texnologiyali simli internet va imtiyozli tarifdagi mobil aloqani ham o‘z ichiga olgan asosiy xizmatlar to‘plamiga ega bo‘ladi.

Elvira Gimadiyeva, maxsus biznes yechimlarni rivojlantirish departamenti direktori:

«Hamkorimiz Nano Telecom bilan birgalikda kichik va o‘rta biznes hamda yirik kompaniyalarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda jamlangan yechimni ishlab chiqdik. Biz sekundiga 100 megabit tezlikkacha internetga ega 5 ta to‘plam va mijozning tanloviga qarab yana 4 ta qo‘shimcha xizmatlarni taklif qilamiz.

To‘plamga yangi korporativ mijozlar qatori, Ucell Business'ning amaldagi mijozlari ham ulanishlari mumkin. Mazkur taklif hozircha faqat Toshkent shahri uchun amal qiladi».

Ushbu yechim biznes sohasida keng qo‘llaniladigan xizmatlardan foydalanishda mablag‘ni sezilarli darajada tejab qolish imkonini beradi. Taklifning o‘ziga xosligi shundaki, korporativ mijoz o‘z faoliyati ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘zi uchun eng maqbul to‘plamni tanlaydi.

Nano Telecom – bu optik tolali tizimlar asosidagi o‘z transport tarmog‘iga ega yetakchi aloqa operatorlaridan biri. U yuqori tezlikdagi internet, telefoniya, raqamli televideniye va ma'lumotlarni uzatish kabi barcha telekommunikatsion xizmatlarining to‘liq jamlanmasini taklif qiladi.

Lola Eshchanova, Nano Telecom marketing bo‘limi rahbari:

«Nano Telecom tarmog‘iga poytaxtdagi barcha biznes-markazlarning 2/3 qismi, yirik tijorat banklari, savdo-ko‘ngilochar markazlar, savdo va sanoat korxonalari, yirik mehmonxonalar va o‘nlab zamonaviy turar joy majmualari ulangan. O‘zbekistondagi birinchi raqamli aloqa operatori bilan hamkorlikdagi loyiha telekommunikatsiya bozorini yangi bosqichga olib chiqadi va biznes uchun yanada foydaliroq bo‘lgan yechimlarni beradi».

Bugun tadbirkor o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, sarf-xarajatlarini tejagan holda, kerakli xizmatlar to‘plamini tanlashi mumkin. Manfaatli birlashuv – bu kompaniyalar uchun Ucell Business'dan taklif qilinayotgan eng maqbul yechim.

Korporativ mijozlar uchun jamlangan yechim haqida Ucell va Nano Telecom'ning Toshkentdagi ofislarida batafsil ma'lumot olish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top