Ucellʼdan Trade-in: Eski smartfoningizni yangi HONORʼga almashtiring
COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) noyob, Yangi yil “Trade-in” aksiyasini ishga tushirdi: eski telefonni yangisiga foyda bilan almashtirish.

Foto: Ucell
"Trade-in" dasturida ishtirok etuvchi abonentlar telefonlarga 600 ming so‘mgacha bo‘lgan chegirma va sovg‘a sifatida esa “Doimiy 50” tarifiga uch oylik obunani qo‘lga kiritishlari mumkin.
Ishtirok etish shartlari oddiy va tushunarli. Mijoz eski telefonni kompaniya ofisiga olib keladi. Operator qurilmaning fotosuratini oladi va ma’lumotlarni qurilma narxini bir zumda aniqlab beruvchi maxsus dasturga yuklaydi.
Masalan, HONOR 90 Lite 8/256 GB smartfonini almashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
– Ucell ofisida HONOR 90 Lite 8/256 GB narxi 3 199 000 so‘mga teng;
– Minus 850 ming so‘m – foydalanilgan smartfonning shartli narxi;
– “Trade-in” aksiyasi doirasida minus 600 ming so‘mlik chegirma;
– Qolgan 1 749 000 so‘m to‘lovni naqd yoki bo‘lib to‘lash imkoniyati.
Ucellʼning “Trade-in” dasturi bu — qurilmangizni yangilash xarajatlarini qisqartirib, bonuslarni qo‘lga kiritgan holda jozibador narxda yangi smartfonga ega bo‘lish uchun noyob imkoniyatdir.
Aksiya 11 dekabrdan 31 yanvargacha va faqat HONOR X 8A va HONOR 90 Light modellari uchun amal qiladi.
Reklama
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Hindiston ShHT qo‘shma deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi
Jahon | 08:21
-
Eron TIV rahbari: Vashington bilan yadroviy muzokaralarni boshlash haqida hech qanday qaror qabul qilinmagan
Jahon | 08:05
-
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 07:51
Mavzuga oid

16:59 / 18.04.2025
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi

09:00 / 19.09.2024
Ucell eng tez internet mukofoti sohibi bo‘ldi

09:48 / 14.08.2024
Andijonda Ucell xodimi kompaniyaning qariyb 450 mln so‘m pulini onlayn birjaga tikib, yutqazib qo‘ydi

19:17 / 01.08.2024