12:14 / 16.11.2020
12511
Shavkat Mirziyoyev Qarshi davlat universiteti talabasiga 2 xonali uy sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashuvda Qarshi davlat universiteti talabasi Shohida Jo‘rayevaga ikki xonali uy sovg‘a qildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, talaba prezident bilan muloqotda yoshlar, yosh oilalarning psixologik madaniyatini oshirish, ularni katta hayotga tarbiyalash maqsadida «Yosh psixologlar» markazini tashkil etish taklifini bildirdi. Mazkur taklif davlat rahbari tomonidan ma'qullandi.

– Prezidentimizning yangi ochilgan Yoshlar markaziga tashrif buyurib, biz yoshlar bilan shaxsan o‘zlari muloqot qilishlari cheksiz quvonch bag‘ishladi. Yig‘ilishda yoshlar, yosh oilalarning psixologik madaniyatini oshirish, ularni katta hayotga tarbiyalash maqsadida «Yosh psixologlar» markazini tashkil etish taklifi bilan chiqdim. Ushbu taklif Prezidentga ma'qul keldi, - degan Shohida Jo‘rayeva.

Shohida Jo‘rayeva

Vazirlik xabarida aytilishicha, Shohida Jo‘rayevaga bu yil tavsiyanoma bo‘yicha davlat granti asosida universitetning Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta'lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi. 

Top