23:28 / 17.11.2020
17324
Andijon ulgurji bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

17 noyabr oqshomida Andijon tumanidagi ulgurji oziq-ovqat bozorida yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Kun.uz muxbiri Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga asoslanib xabar berishicha, hodisadan bozor ichidagi 20ta do‘kon ziyon ko‘rgan.

Ma'lum qliinishicha, yong‘in soat 21:50da boshlangan. O‘tni o‘chirish uchun 15ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb qilingan. Soat 22:30da yong‘in o‘chirilgan.

«Tabiiy ofat paytida insonlar orasida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q», – deyiladi FVB axborotida.

Top