22:46 / 18.11.2020
33810
Toshkent qorga burkandi - fotogalereya

18 noyabr kun davomida yoqqan qor Toshkentni oppoq qiyofaga burkadi. Kun.uz fotomuxbirlari poytaxtdagi birinchi qor manzaralaridan fotojamlanma tayyorladi.

Toshkentliklar va shahar mehmonlaridan harakat xavfsizligiga rioya etish so‘ralmoqda.

Shahardagi aksariyat chorrahalar chorshanba kuni tushdan keyin 10 ballik tirbandliklar ichida qoldi. “Yandex Tirbandliklar” servisi Toshkent yo‘llarida harakat tezligi sezilarli pasayganini qayd etgan.

 Muhammadjon G‘aniyev,
Asad Allanazarov va
Abdullatif Umarov suratlari

Top