Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda noqulay ob-havo sharoiti 20 noyabrgacha saqlanib qolishi ma'lum qilindi
O‘zbekistonda 18 noyabr kuni boshlangan noqulay ob-havo sharoiti 20 noyabr kuniga qadar davom etishi kutilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, payshanba–juma kunlari shamol tezligi 15–20 m/s gacha yetishi mumkin.
Harorat pasayib, kechasi 8–15 daraja, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.
«Havo haroratidagi keskin o‘zgarishlar natijasida yo‘llarda muzlama va tirbandliklar hosil bo‘lishini e'tiborga olib, zaruratsiz shaxsiy transport vositalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Ish va yashash joyida elektr uskunalari va isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling», – deyiladi FVV axborotida.
Mavzuga oid
15:05 / 30.06.2026
Jazirama ortidan salqinlik?
08:49 / 30.06.2026
O‘zgidromet: iyul oyida O‘zbekistonda kuchli issiqlar kutilmoqda
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
20:01 / 22.06.2026