14:22 / 19.11.2020
2986

119 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda dori vositalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi Toshkent viloyati hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Davlat bojxona qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro D.M. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomobili Ohangaron shahridagi avtoturargohlardan birida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada avtomashinada shartli xaridorga sotish maqsadida olib kelingan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 119 million so‘mlik 693 dona “Grippol plyus” nomli dori vositalari borligi aniqlangan.

“Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Top